"Bavariya"ning umidi so‘ndi...

  • 21 sentabr, 2024, 12:48
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Bavariya" klubi rahbariyati jamoaning chap qanot himoyachisi Alfonso Devis bilan shartnomani uzaytirish bo‘yicha urinishlardan deyarli umidini uzdi.

Tecno

Relevo nashri xabariga ko‘ra, Myunxen grandi 23 yoshli kanadalik futbolchi bilan kelasi yozda erkin agent sifatida xayrlashadi.

Eslatib o‘tamiz, Devis avvalroq bir necha bor "Bavariya" bilan shartnomasini uzaytirishdan bosh tortgan va Myunxen klubi rahbariyati taklif qilishga tayyor bo‘lmagan maoshni talab qilgandi. Devisni kelasi yozda qo‘lga kiritish uchun "Real" Madrid favorit bo‘lib turibdi. “Qirollik klubi” allaqachon futbolchining yaqinlari bilan aloqalarni yo‘lga qo‘ygan. Alfonsoning o‘zi ham "Santyago Bernabeu"ga ko‘chib o‘tishga tayyor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!