
"Bavariya"ning taklifi rad etildi
"Manchester Siti" klubi "Bavariya"ning Leroy Sane borasida yuborgan taklifini rad etdi.
Goal.com nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, nemis grandi 24 yoshli futbolchi uchun 40 mln evro taklif qilgan, ammo “shaharliklar”ni ushbu taklif qoniqtirmagan. “Siti” o‘z futbolchisini qimmatroqqa sotmoqchi.
Ta’kidlash kerakki, Sane joriy mavsumni deyarli to‘liq davolanish bilan o‘tkazdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi esa 2021 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar