
"Bavariya"ning sardori o‘zgarishi mumkin
"Bavariya" yarim himoyachisi Joshua Kimmix jamoaning yangi sardori bo‘lishi mumkin. Myunxen klubi bosh murabbiyi Yulian Nagelsmann darvozabon Manuel Noyerdan sardorlik bog‘ichni olib, Kimmixga berish haqida o‘ylamoqda.
"Bild" nashri xabariga ko‘ra, agar mazkur qaror qabul qilinsa, keyingi mavsumdan boshlab u kuchga kiradi. Noyer oyog‘i singanligi sabab joriy mavsumning qolgan qismini o‘tkazib yuboradi.
Yaqinda germaniyalik posbon shov-shuvli intervyu berib, "qizil mashina" rahbariyatining darvozabonlar murabbiyi Toni Tapalovichni ishdan bo‘shatilgani uchun tanqid qilgandi.
Qayd etilishicha, 36 yoshli darvozabon avvalroq Nagelsmann bilan keskin munosabatda bo‘lgan.
Fikrlar