
"Bavariya"ning EChLdagi yosh rekordchisi Germaniya terma jamoasiga chaqirildi
"Bavariya"ning germaniyalik yosh hujumchisi Jamal Musiala terma jamoadan chaqiruv oldi. Bu haqda Musialaning o‘zi quyidagicha fikr bildirdi:
"Men o‘z qalbimga quloq soldim va tug‘ilgan joyim, vatanim uchun o‘ynashga qaror qildim. Mening yuragim Angliya uchun ham ursa-da, kindik qonim to‘kilgan yurt Germaniya bo‘lgani uchun shunday qarorga keldim. Kelajagim haqida chuqur o‘yladim: qaerda men uzoqroq va yaxshiroq o‘ynay olaman? Shu tufayli, Germaniyani tanladim. O‘ylaymanki, tanlovim o‘zini oqlaydi".
Ma’lumot uchun, Musiala 7 yoshligida oilasi bilan Angliyaga ko‘chib ketadi va u erning ham fuqaroligini qabul qiladi. "Chelsi" akademiyasida 2011-2019 yillar davomida to‘p surgan futbolchi Angliyaning turli yoshlardagi terma jamoalarida ham o‘yin o‘tkazgan.
Fikrlar