"Bavariya"ning asosiy futbolchilaridan biri PSJga qarshi bahsni o‘tkazib yuboradi

  • 7 yanvar, 2023, 13:40
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Bavariya" himoyachisi Nussair Mazraui "Park de Prens" stadionida bo‘lib o‘tadigan PSJga qarshi Chempionlar ligasining 1/8 final bosqichi birinchi o‘yinida ishtirok etmasligi mumkin.

Tecno

Jurnalist Adrien Grenierning ma’lum qilishicha, marokashlik futbolchi 14 fevralda bo‘ladigan o‘yingacha tiklanib ulgurmasligi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Mazraui Marokash terma jamoasi tarkibida jahon chempionati yarim finalida Frantsiyaga qarshi bahsda jarohat olgan edi. Mundial boshlanishidan oldin esa Nusser "Bavariya"ning asosiy o‘yinchisi hisoblanardi.

Mazraui “Bavariya” safiga o‘tgan yozda Amsterdamning “Ayaks” klubidan  erkin agent sifatida kelib qo‘shilgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!