"Bavariya"ning asosiy futbolchilaridan biri 6 haftaga safdan chiqdi

  • 22 dekabr, 2019, 12:10
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Bavariya” yarim himoyachisi Xavi Martines kecha Bundesliganing 17-turidan o‘rin olgan “Volfsburg”ga (2:0) qarshi o‘yinda jarohat oldi.

Tecno

31 yoshli ispaniyalik futbolchi son mushaklaridan jarohat oldi va uchrashuvning 45-daqiqasida zaxiraga olindi.

Jamoa bosh murabbiyi vazifasini bajaruvchi Xans-Diter Flikning so‘zlariga ko‘ra Martines 6 haftaga safdan chiqqan.

Ma’lumot uchun, Xavi Martines joriy mavsum Bundesligada 11 ta o‘yinda maydonga tushdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!