"Bavariya"ning 20 ta o‘yindan buyon davom etib kelayotgan mag‘lubiyatsiz seriyasiga barham berildi

  • 9 yanvar, 2021, 12:50
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Borussiya" Myunxengladbax kecha Bundesliganing 15-turi doirasida "Bavariya" ustidan 3:2 hisobida g‘alaba qozondi.

Tecno

E’tiborlisi, bu mag‘lubiyat Flik jamoasi uchun so‘nggi 4 oydagi birinchisi bo‘ldi. “Bavariya” oxirgi marta 2020 yilning 27 sentyabr kuni "Xoffenxaym"ga imkoniyatni boy berib qo‘ygan edi. Shundan buyon myunxenliklar 20 ta o‘yinda maydonga tushdi va ularning 16 tasida g‘alaba, 4 tasida durang qayd etdi.

Bundan tashqari, “Borussiya” Myunxengladbax qatorasiga 4 mavsumdan buyon “Bavariya”ni chempionatning birinchi davrasida mag‘lub etib kelmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!