
“Bavariya”ga endi bu futbolchilar og‘irlik qilyapti
“Bavariya” rahbariyati jamoaning tajribali o‘yinchilari – darvozabon Manuel Noyer va hujumkor futbolchi Tomas Myuller bir yildan keyin professional futbolchilik faoliyatini yakunlanishini kutmoqda.
Har ikki futbolchi jamoada eng katta maosh oladiganlardan hisoblanadi. Klub ularga har mavsum uchun 20 million evrodan maosh to‘lab keladi.
SportBild nashrining yozishicha, “Bavariya” rahbariyati Noyer va Myullerning faoliyatini tugatishi klubga maosh fondini qisqartirish imkonini berishidan umidvor bo‘lyapti.
38 yoshli Manuel Noyer Myunxen klubiga 2011 yili “Shalke”dan o‘tgan edi. Tajribali darvozabosh shu paytga qadar bu jamoada 521 ta uchrashuvda darvozani qo‘riqladi.
Sentyabrda 35 yoshni qarshilaydigan Tomas Myuller esa, butun faoliyatini “Bavariya”da o‘tkazmoqda. Mohir futbolchi o‘zini tarbiyalagan jamoada 707 ta o‘yinda 242 ta gol va 268 ta assist muallifi bo‘lgan.
Fikrlar