“Bavariya”ga braziliyalik yulduz to‘g‘ri kelmadi

  • 26 yanvar, 2021, 22:40
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Bavariya” qishki transferlar vaqtida ijara asosida o‘ynayotgan Duglas Kostani “Yuventus”ga qaytarib yuboradi.

Tecno

Myonxenliklar bosh murabbiyi Xans-Diter Flik 30 yoshli braziliyalik yarim himoyachining o‘yinlaridan umuman qoniqmagan. Shu bois, Kostaga etarli o‘yin vaqti berilmayapti. Futbolchining o‘zi ham bundan norozi bo‘lmoqda.

Ma’lumotlarga qaraganda, “Yuventus”  Kosta Turinga qaytishi bilan uni yana ijaraga jo‘natadi. Hozircha, bu futbolchiga “Vulverxempton” va “Manchester Yunayted”dan qiziqish bo‘lyapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!