"Bavariya"ga "Barsa" futbolchisi kerak
Myunxenning "Bavariya" klubi "Barselona" hujumchisi Usmon Dembeleni o‘z safiga qo‘shib olishni rejalashtirmoqda.
24 yoshli frantsuz hali kataloniyaliklar bilan shartnoma imzolaganicha yo‘q. U yozda "Barsa"ni tekinga tark etishi kutilmoqda.
L’Équipe nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, Kingsli Koman myunxen klubini tark etsa, Dembele uning o‘rnini egallashi kutilmoqda.
Ma’lumot uchun, Usmon ushbu mavsum ummumiy 9 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol va 2 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.



Fikrlar