
"Bavariya"Dias transferi bo‘yicha rad etib bo‘lmas taklif tayyoplayapti
"Bavariya" hamon Luis Diasni o‘z safiga qo‘shib olishni istayapti.
"Sky Sport" jurnalisti Florian Plettenbergning xabar berishicha, nemis klubi transfer bo‘yicha yangi taklif tayyorlayapti. Futbolchining o‘zi bilan hali to‘liq kelishuvga erishilmagan, ammo bu muammo tug‘dirmaydi. "Bavariya" Diasga 2029 yoki 2030 yilgacha amal qiladigan shartnoma taklif qilishi mumkin.
Avvalroq, "Liverpul" kolumbiyalik hujumchisini 67,5 million evroga myunxenliklarga sotishni rad etgani ma’lum bo‘ldi.
O‘tgan mavsumda Luis Angliya Premer-ligasida 36 ta o‘yinda ishtirok etib, 13 ta gol urdi va 5 ta golli uzatma berdi.
Fikrlar