
"Bavariya"dan ajoyib ko‘rsatkich!
Germaniya kubogining yarim finalida "Ayntraxt" klubi ustidan 2:1 hisobida zafar quchgan "Bavariya" klubi turnir tarixidagi ajoyib natijasini davom ettirdi.
Myunxen klubi 24-bor musobaqaning finaliga yo‘l oldi va bu ikkinchi bo‘lib turgan "Shalke"ning ko‘rsatkichidan 12 taga ko‘p.
"Bavariya" 19 marta chempion bo‘lgan va bor-yo‘g‘i 4 marta finalni boy bergan.
Xans Flik shogirdlari finalni Berlinda "Bayer" klubiga qarshi o‘tkazadi.
Fikrlar