
"Bavariya"dan 8ta gol o‘tkazgan ter Shtegen Myunxenga yo‘l olishi mumkin
"Bavariya" "Barselona" darvozaboni Mark-Andre ter Shtegen bilan shartnoma imzolamoqchi. Bu haqda "El Nacional" nashri xabar tarqatdi.
Manbaning ma’lum qilishicha, Kataloniya klubi nemis posbon bilan xayrlashishga tayyor. "Transfermarkt" portali ter Shtegenni 55 million evroga baholamoqda. 29 yoshli Mark-Andrening transferi yozda amalga oshishi mumkin.
Joriy mavsum Ter Shtegen 20ta o‘yinda maydonga tushib, 25ta gol o‘tkazib yuborgan va 6ta uchrashuvda o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan. Uning "Barsa" bilan amaldagi kelishuvi 2025 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.
Fikrlar