
"Bavariya" yozgi transferlar uchun qancha mablag‘ ajratadi?
Myunxenning "Bavariya" klubi yozgi transfer oynasi uchun tayyorgarlikni hozirdan boshladi, deya xabar bermoqda Goal.com nashri.
Manba xabariga ko‘ra, "Bavariya" rahbariyati yozda jamoani kuchaytirish uchun 200 million evro miqdorida byudjet ajratmoqchi.
"Qizillar" ushbu mablag‘ni "Manchester Siti" yarim himoyachisi Leroy Sane va "Bayer" xavbeki Kay Xaverts transferi uchun sarflashlari mumkin.
Fikrlar