"Bavariya" yozda "Barselona" himoyachisini sotib olmoqchi

  • 12 yanvar, 2020, 16:58
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Myunxenning "Bavariya" klubi "Barselona" himoyachisi Nelson Semeduga jiddiy qiziqish bildira boshladi. Bu haqda Mundo Deportivo nashri xabar tarqatmoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra nemis grandi 26 yoshli portugaliyalik futbolchini yozgi transferlar davrida sotib olishni rejalashtirmoqda va shu bois hozircha bu borada muzokaralarni boshlagani ham yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq kataloniyaliklar Semeduning transferini 50 mln evroga baholashayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Ma’lumot uchun, Semedu joriy mavsum “Barselona” safida jami 20 ta o‘yinda maydonga tushdi va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!