
“Bavariya”: Xohish boru, imkon yo‘q!
“Bavariya” bosh murabbiyi Yulian Nagelsmann xalqaro maydonda muvaffaqiyat qozonish uchun yana ikki transferni amalga oshirish kerak, deb hisoblamoqda.
Uning ta’kidlashicha, hozirgi tarkibda PSJ to‘purari Kilian Mbappe va “Barselona” yarim himoyachisi Frenki de Yong etishmayapti.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, Nagelsmanning rejasi orzuligicha qolib ketishi mumkin. Chunki myunxenliklar, odatda” katta transferlarni amalga oshirishga moyil emas. Qolaversa, klub o‘yinchilarning maoshini bir maromda ushlab turadi.
Bundan tashqari, bosh murabbiy ko‘zlagan har ikki o‘yinchini olish uchun Evropaning qolgan grandlari bilan raqobatlashishga to‘g‘ri keladi.
Fikrlar