
"Bavariya" ustoziga yangi chaqiruv!
"Bavariya" bosh murabbiyi Tomas Tuxel Germaniya terma jamoasini boshqarishi mumkin.
10-sentyabr yakshanba kuni Xans-Diter Flik Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimini tark etdi. "90min" nashri xabariga ko‘ra, "Bavariya"da joriy yilning bahoridan beri ishlab kelayotgan Tuxel nomzodlar qatorida.
Taxminlarga ko‘ra, mutaxassisga mavsum oxirigacha Myunxen klubidagi faoliyatini terma jamoadagi faoliyati bilan birlashtirishga ruxsat beriladi, shundan so‘ng murabbiy milliy terma jamoani to‘liq boshqaradi va u bilan birga 2024 yilgi Evropa chempionatini o‘tkazadi.
Flik o‘rniga nomzodlar ro‘yxatida "Liverpul" ustozi Yurgen Klopp va ayni damda ishsiz Yulian Nagelsmann ham bor.
Fikrlar