"Bavariya" sobiq futbolchisi: "Barselona" dunyodagi eng zo‘r klub

  • 14 avgust, 2020, 06:26
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" yarim himoyachisi Arturo Vidal bugun bo‘lib o‘tadigan UEFA Chempionlar Ligasi chorak final bahsi oldidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Tecno

"Men ba’zi bo‘lmag‘ur gaplarni eshitib qoldim. Ularga e’tibor ham bermayman. "Bavariya" futbolchilarini yaxshi bilaman. Menimcha, ular ham anglab turibdi: ertaga qarshilarida Bundesliga klubi emas, dunyoning eng zo‘r klubi - "Barselona" bo‘ladi. 

Muxlislarni tushunaman, biz ligada o‘z o‘yinimizni namoyish eta olmadik. Ammo buning "Bavariya"ga qarshi bellashuvga ta’siri bor, deb o‘ylamayman. Bizda Messi va boshqa dunyo klassidagi futbolchilar bor. Shuning uchun ham bemalol ayta olamanki, biz dunyoning eng zo‘r klubimiz", - deydi chililik futbolchi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!