
"Bavariya" "Shalke" darvozasiga javobsiz 8 ta gol kiritdi, Sane debyut o‘yinida gol urdi (video)
Germaniya Bundesligasining 1-turida “Bavariya” o‘z maydonida “Shalke”ni qabul qildi.
“Allianz Arena”da kechgan bellashuv myunxenliklarning mutlaq g‘alabasi bilan yakunlandi – 8:0. Shu kuni Serj Gnabri xet-trik qayd etgan bo‘lsa, Leroy Sane debyut golini urdi. Bundan tashqari, Leon Goretska, Robert Levandovskiy, Tomas Myuller va Jamal Musaila ham o‘z nomiga gol yozdirib qo‘ydi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar