"Bavariya" qishda Saneni sotib olmaydi

  • 25 dekabr, 2019, 11:14
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Bavariya" klubi sport direktori Xasan Salixamijich myunxenliklar qishki transferlar davrida "Manchester Siti" vingeri Leroy Saneni sotib olishni rejalashtirishmayotganini aytdi.

Tecno

“Men boshqa jamoada o‘ynayotgan futbolchilar haqida gapirishni xohlamayman. Yanvarda qandaydir xaridlarni amalga oshiramiz deb o‘ylamayman”, - deydi Salixamijich.

Eslatib o‘tamiz, 23 yoshli germaniyalik futbolchi aslida o‘tgan yoz “Bavariya”ga o‘tishi mumkin edi. Biroq, kutilmaganda Angliya Superkubogi bahsida tizzasidan jiddiy jarohat oldi va uzoq muddatga safdan chiqdi. Shundan so‘ng uning transferi barbod bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!