
"Bavariya" prezidenti: Kovachning iste’fosi haqidagi xabarlar mutlaqo asossiz
Myunxenning "Bavariya" klubi prezidenti Karl-Xaynts Rumenigge rahbariyat jamoa bosh murabbiyi Niko Kovachni iste’foga chiqarishi haqidagi xabarlarga munosabat bildirib o‘tdi.
“Kovachni iste’foga chiqarish haqida qaror yo‘q. Bu ma’lumot mutlaqo asossisiz”, - deydi prezident.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq “Bavariya” mavsumda “oltin dubl” qayd etgan taqdirda ham xorvatiyalik mutaxassis o‘z lavozimidan ozod etilishi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Fikrlar