
"Bavariya" o‘ziga 2 ta gol urgan futbolchini sotib olmoqchi
"Xoffenxaym" forvardi Andrey Kramarich faoliyatini "Bavariya"da davom ettirishi mumkin. Bu haqda Bild nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, 29 yoshli xorvatiyalik futbolchiga shaxsan myunxenliklar sport direktori Xasan Salixamijich jiddiy qiziqib qolgan. Aytish kerakki, Kramarich joriy mavsum Bundesliganing 2-turida “Bavariya” darvozasini ikki bor ishg‘ol etgan edi.
“Xoffenxaym” ayni damda Bundesliga musobaqa jadvalida 6 ochko bilan 1-o‘rinda bormoqda. “Bavariya” esa 6-o‘rinni egallab turibdi.
Fikrlar