"Bavariya" o‘z yulduziga 90 mln narx belgiladi

  • 30 iyun, 2021, 18:03
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Bavariya" klubi yulduzi Kingsli Koman faoliyatini boshqa jamoada davom ettirishi mumkin.

Tecno

Frantsiya terma jamoasi yarim himoyachisi "Bavariya"dagi hozirgi holatidan qoniqmayapti. Klub unga yangi shartnoma taklif etgan taqdirda ham, Koman bu bitimga katta ehtimol bilan rozi bo‘lmaydi. U jamoada 10-raqam egasiga aylanmoqchi.

Amaldagi shartnomasi 2023 yilda yakunlanadigan futbolchini "Bavariya" imkon boricha tezroq sotishga tayyor. Boisi, Koman ham Alaba kabi jamoani erkin agent sifatida tark etishi mumkin. Myunxen klubi frantsiyalik yarim himoyachi transferidan 90 million evro mablag‘ ishlab olish niyatida.

25 yoshli Koman joriy mavsum klub safida 39 uchrashuvda ishtirok etib, 8 gol va 15 assist qayd etishga erishgan. U "qizillar" safida 2017 yildan beri to‘p tepib kelmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!