
"Bavariya" o‘z uyida mavsumdagi ilk mag‘lubiyatini qabul qilib oldi
Germaniya Bundesligasi 7-turidan o‘rin olgan "Bavariya" - "Ayntraxt" Frankfurt uchrashuvi nihoyasiga etdi. Unda mehmonlar kutilmaganda g‘alaba qozondi - 2:1.
Hisob 29-daqiqada mehmonlar vakili Leon Goretska tomonidan ochildi. Bunga frankfurtliklar Martin Xinteregger hamda Filip Kostichning aniq zarbalari evaziga 2 bor javob qaytardi.
Shunday qilib, peshqadamni mag‘lub etgan "Ayntraxt" 8 ochko to‘plagan holda, 13-o‘ringa ko‘tarilib oldi. Myunxenliklar 16 ochko jamg‘argan.
Fikrlar