“Bavariya” o‘yinchilarining Tuxeldan noroziligi kuchayib ketdi
Taniqli jurnalistlardan Filipp Kessler va Manuel Bonke “Bavariya” o‘yinchilarining bosh murabbiy Tomas Tuxeldan noroziligi kuchayib borayotganini ma’lum qildi.
Manbalarning ta’kidlashicha, futbolchilarga 50 yoshli mutaxassisning ayrim xatti-harakatlari yoqmayapti va jamoa rivojlanishdan to‘xtab qolyapti.
Bundan tashqari, Tomas Tuxelning jamoa bilan muloqot qilmasligiga ham e’tiroz bo‘lyapti. Germaniyalik mutaxassis individual suhbatlarni yoqtirmaydi va uning o‘rniga bu ishni assistentlar bajaradi.
Ayni paytda “Bavariya” Bundesliganing etti turidan so‘ng, 17 ochko bilan musobaqa jadvalida uchinchi o‘rinda bormoqda.



Fikrlar