"Bavariya" Olmo uchun kurashga qo‘shildi

  • 24 may, 2024, 00:59
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Dani Olmo yozgi transferlar oynasida "Leyptsig"ni tark etishi mumkin. Futbolchini top klublar kuzatib bormoqda va ular orasiga "Bavariya" ham qo‘shildi, deya ma’lum qildi insayder Fabritso Romano. 

Tecno

Jurnalistning so‘zlariga ko‘ra, hujumkor yarim himoyachining tovon puli 60 million evroga teng. Uni o‘z tarkibiga qo‘shib olish uchun "Barselona" va APLning ikkita jamoasi harakat qilmoqda. 

Ispaniya nashrlari bir necha oy oldin Olmoni ortga qaytarish uchun kataloniyaliklar jiddiy harakat qilayotgani borasida xabar bergandi. 2018 yili "Barsselona" akademisidan "Dinamo Zagreb"ga o‘tgan Dani keyinchalik Germaniyaga ko‘chib o‘tdi. Uning ayni paytdagi narxi 50 esa million evrodir. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!