
"Bavariya" Noyerning o‘rniga "Portu" darvozabonini olib kelmoqchi
"Portu" darvozaboni Diogu Koshta Bundesligaga o‘tishi mumkin.
"CNN" jurnalisti Bruno Andradening yozishicha, futbolchi yanvarda nemis klubida harakat qilishi mumkin.
Jamoaning asosiy posboni Manuel Noyerning qachon safga qaytishi noma’lum. Koshta myunxenliklarga eng ko‘p ma’qul ko‘rilayotgan nomzodlardan biri.
Portugaliya terma jamoasi futbolchisining "Portu" bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilgacha mo‘ljallangan, tovon puli esa 75 million evroni tashkil qiladi.
Joriy mavsumda 23 yoshli darvozabon Portugaliya chempionatida 15 ta o‘yin o‘tkazdi va 10 ta gol o‘tkazib yubordi.
Fikrlar