
"Bavariya" Noyerga o‘rinbosar topdi
Myunxenning "Bavariya" klubi rahbariyati jamoaning asosiy darvozaboni Manuel Noyerga munosib o‘rinbosar qidirishni boshlab yubordi.
Goal.com tarqatgan xabarga ko‘ra nemis grandining bu boradagi asosiy nishoni "Atletiko" posboni Yan Oblak hisoblanadi. Ta’kidlash lozimki, 26 yoshli sloveniyalik darvozabonning tovon puli 100 mln evroni tashkil etadi.
Ma’lumot uchun, 32 yoshli Noyer joriy mavsum “Bavariya” safida jami 34ta o‘yinda maydonga tushib, shularning 14tasida o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi. 36ta o‘yinda ishtirok etgan Oblak esa 19ta o‘yinda o‘z darvozasidan gol o‘tkazib yubormagan.
Eslatib o‘tamiz, Oblak uchun shuningdek PSJ ham jiddiy kurash olib bormoqda.
Fikrlar