"Bavariya" nima sababdan "Liverpul" bilan muzokaralarni to‘xtatdi?
"Bavariya" Luis Dias uchun mumkin bo‘lgan taklifning yuqori chegarasini belgiladi.
"CF Bayern Insider" ma’lumotlariga ko‘ra, myunxenliklar "Liverpul" vingeri uchun ko‘pi bilan 60 million evro va qo‘shimcha bonuslar to‘lashga tayyor.
Klub Diogu Jota va uning ukasi Andrening vafotidan so‘ng vaziyatga nisbatan ehtiyotkorlik va mulohaza bilan yondashmoqchi. Shu sababli, myunxenliklar "Liverpul" bilan transfer bo‘yicha muzokaralarni vaqtincha to‘xtatib turishga qaror qildi.
Shunga qaramay, "Bavariya" allaqachon Luis Diasning agentiga yozda futbolchini sotib olish niyati qat’iy ekanligini ma’lum qilgan.



Fikrlar