
"Bavariya" niderlandiyalik himoyachiga 12 million evro maosh bermoqchi
"Bavariya" "Yuventus" himoyachisi Matteys De Ligtni sotib olishga juda yaqin turibdi. Bu haqda insayder Nikola Skira xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, myunxenliklar niderlandiyalik iste’dod sohibi uchun yiliga 12 million evro maosh taklif qilgan. Futbolchi ham Bundesligaga ko‘chib o‘tishga qarshi emas.
Shuningdek, "Bavariya" ushbu transfer uchun Turin klubiga 75 million evro va yana turli bonuslar to‘lashga tayyor.
Eslatib o‘tamiz, De Ligt 2019 yilda Germaniya chempionlari bilan og‘zaki kelishuvga erishgan. Ammo noma’lum sabablarga ko‘ra, u "Yuventus"ga ko‘chib o‘tishni ma’qul ko‘rgandi.
Fikrlar