"Bavariya" "Napoli"ning janubiy koreyalik himoyachisini o‘z safiga qo‘shib olishga yaqin

  • 18 iyun, 2023, 16:20
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Bavariya" "Napoli" himoyachisi Kim Min Je bilan shartnoma imzolashga yaqin.

Tecno

Nufuzli insayder Fabritsio Romanoning xabar berishicha, myunxenliklar va futbolchi o‘rtasidagi kelishuv yakuniy bosqichda. Shartnoma besh mavsumga mo‘ljallangan. Kim shartlarni qabul qilishga tayyor, ammo kelishuv hali imzolanmagan.

Yaqin orada boshqa klublar futbolchiga qulayroq taklif bilan chiqishmasa, koreyalik futbolchi "Bavariya"ga o‘tadi, deb yozadi Romano.

Kim Min Je ayni damda 26 yoshda. "Transfermarkt" portali futbolchini 60 million evroga baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!