
"Bavariya" muxlislari uchun xushxabar
Myunxenning "Bavariya" klubi himoyachisi Lukas Ernandes mashg‘ulotlarni qaytdi. Bu haqda nemis klubi rasmiy sayti xabar berdi.
Ernandes o‘ng tizzasidagi xochsimon bog‘lami yirtilgani sababli uzoq vaqt davomida kasalxonada yotgan edi. U o‘tgan yili Qatar maydonlarida bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida, guruh bosqichining Avstraliyaga qarshi o‘yinida (4:1) jarohat olgan edi. Lukas mart oyida individual mashqlarga kirishgan edi.
27 yoshli frantsiyalik joriy mavsum Bundesligada 7 ta o‘yinda maydonga tushdi. Luka "qizillar" safida 2019 yilning yozidan buyon to‘p suradi.
Fikrlar