
"Bavariya" muxlislari uchun noxush xabar!
"Bavariya" klubi sardori Tomas Myuller biroz muddatga safdan chiqdi.
Rasmiy xabarga ko‘ra, u koronavirus infektsiyasini yuqtirib olgan. Myullerning "COVID-19"ga topshirgan testi musbat natijani ko‘rsatgan. Shunga qaramay, klub futbolchida kasallik engil formada kechayotganini ma’lum qildi.
Katta ehtimol bilan, u Germaniya Bundesligasi 24-turi doirasidagi "Ayntraxt"ga qarshi bellashuvni o‘tkazib yuboradi. Bahs 26 fevral kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
32 yoshli hujumchi joriy mavsum myunxenliklar tarkibida barcha turnirlarda 33 o‘yin o‘tkazib, o‘z hisobiga 10 gol va 22 assist yozdirib qo‘yishga muvaffaq bo‘ldi.
Fikrlar