“Bavariya” Mane uchun qancha to‘lamoqchi ekanligi ma’lum

  • 14 iyun, 2022, 17:53
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Bavariya” hujumchi Sadio Mane uchun “Liverpul”ga qancha to‘lashga tayyorligi ma’lum bo‘ldi.

Tecno

“Sky Sport Deutschland” nashri jurnalisti Florian Plettenbergning so‘zlariga ko‘ra, muzokaralar hali ham davom etmoqda, ammo yaqin orada transfer rasman tasdiqlanishi mumkin. Ta’kidlanishicha, tomonlar 30-40 million evro atrofidagi to‘lov va turli bonuslar borasida kelishib olishga yaqin turibdi.

Oldinroq, myunxenliklar senegallik hujumchi bilan shaxsiy shartnoma borasida bir to‘xtamga kelgani xabar qilingandi. Manening o‘zi ham Germaniyaga ko‘chib o‘tishga qarshi emasligini bildirgan.

30 yoshli futbolchi o‘tgan mavsumda "Liverpul" safida 51 o‘yinda maydonga tushib, 23 gol va 5 assistning muallifiga aylangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!