"Bavariya" "Liverpul" hujumchisi bilan kelishib oldi

  • 18 iyul, 17:55
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Bavariya" va "Liverpul" hujumchisi Luis Dias shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib oldi.

Tecno

28 yoshli vinger myunxenliklar bilan to‘rt yillik shartnomaga rozi bo‘ldi, unga ko‘ra futbolchining maoshi yiliga 14 million evro va sermahsullik uchun bonuslar bo‘ladi.

Shu bilan birga, klublar hali o‘zaro kelishib olmagan. Avvalroq, "Liverpul" "Bavariya"ning 67,5 million evrolik taklifini rad etgandi.

Luis Dias o‘tgan mavsumda APLda 36 ta o‘yinda 13 ta gol va 5 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!