"Bavariya" kuchli beshlik chempionatlarida rekord o‘rnatdi

  • 26 may, 2019, 13:49
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Myunxenning “Bavariya” klubi kecha Germaniya kubogida g‘alaba qozondi va oltin dublni rasmiylashtirdi. Boisi, ular bundan avvalroq Bundesligada ham zafar quchishgan edi.

Tecno

FOX Soccer nashri tarqatgan xabarga ko‘ra bu “Bavariya” tarixidagi 12-oltin dubl bo‘ldi. Shu tariqa myunxenliklar Evropa kuchli beshlik chempionatlarida eng ko‘p oltin dulbl qayd etgan jamoaga aylanishdi.

Bu borada keyingi o‘rinlarda "Barselona" (8), "Yuventus" (6), "Atletik" Bilbao (5), "Real" (4), “Sent-Eten” (4), "Manchester Yunayted" (3), "Arsenal" (3) va PSJ (3) klublari bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!