"Bavariya" koreyalik futbolchini sotib olish arafasida
"Bavariya" Kim Min Je bilan shartnoma imzolashga yaqin turibdi.
Insayder Fabritsio Romanoning so‘zlariga ko‘ra, myunxenliklar “Napoli” himoyachisi bilan shartnoma borasida deyarli kelishib olishgan.
Jurnalist Florian Plettenbergning ta’kidlashicha, nemis klubi shartnoma imkon qadar tezroq yopilishiga ishonchi komil. Bu ularning eng ustuvor vazifasi. Rahbariyat transferni ma’qulladi.
“Bavariya” koreyalik futbolchi uchun 60 million evrodan kam to‘laydi.
“Napoli” safida A Seriyadagi 35 o‘yinda Kim Min Je 2 ta gol urdi.



Fikrlar