
“Bavariya” Kontega rokirovka taklif qilyapti
“Bavariya” rahbariyati “Inter”ga o‘yinchi almashtirishni taklif qilmoqda. Myunxenliklar “Inter” tarkibida o‘z o‘rnini topa olmagan Kristian Eriksenni qo‘lga kiritmoqchi.
Shu bois, Bundesliga chempioni daniyalik pleymeyker uchun milanliklarga Konrentin Tolissoni berishga tayyor ekanini ma’lum qildi.
“Inter” bosh murabbiyi Antonio Kontening frantsiyalik yarim himoyachiga anchadan beri qiziqayotganini inobatga olsak, bu rokirovka qishdayoq amalga oshishi mumkinligi ayon bo‘ladi.
“Bavariya”dan tashqari Eriksenga “Borussiya D”, “Gerta”, “Arsenal”, “Milan”, “Manchester Yunayted” va “Napoli”dan ham takliflar bor.
Fikrlar