
"Bavariya" Komanni saqlab qolmoqchi
"Bavariya" rahbariyati jamoa vingeri Kingsli Komanni tarkibda saqlab qolmoqchi. Bu haqda jurnalist Nikolo Skira xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, nemis grandi ayni damda frantsiyalik futbolchi bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilga qadar uzaytirish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazmoqda. Tomonlar o‘rtasidagi kelishuv 2022 yilga qadar imzolangan.
Koman “Bavariya” safida 2015 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan davr mobaynida 174 ta o‘yinda maydonga tushdi va 38 ta gol hamda 43 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Fikrlar