
"Bavariya" Koman o‘rniga Portugaliyada porlayotgan futbolchini olib keladi
“Portu”ning hujumkor yarim himoyachisi Luis Dias faoliyatini Germaniya Bundesligasida davom ettirishi mumkin. Bu haqda TZ nashri xabar tarqatmoqda.
24 yoshli kolumbiyalik futbolchining xizmatlariga Myunxenning “Bavariya” klubi jiddiy qiziqib qolgan. Germaniyaning amaldagi chempioni Diasni frantsiyalik yarim himoyachi Kingsli Komanga munosib o‘rinbosar sifatida qaramoqda. Boisi, ayni damda Komanga Evropaning ko‘plab grand klublari xaridor bo‘lmoqda.
“Bavariya” Diasning transferi uchun roppa-rosa 40 million evro to‘lashga tayyor.
Luis Dias Portugaliya chempionatining joriy mavsumida 6 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar