
“Bavariya” katta transferni barbod qildi
Bundesliga chempionligini “Bayer”ga boy bergan “Bavariya” kelasi mavsum oldidan tarkibini kuchaytirmoqda.
Myuexenliklar himoya chizig‘iga “Bayer” vakili Jonatan Tani olib kelish harakatini boshlagan.
Jurnalist Kristian Falkning ma’lum qilishicha, “Bavariya” rahbariyati 28 yoshli markaziy himoyachi uchun leverkuzenliklar talab qilayotgan 40 million evroni to‘lashdan bosh tortdi.
Taning “Bayer” bilan yana bir yillik shartnomasi qolgan. O‘tgan yili Jonatanning shartnomasida uni 18 million evroga transfer qilish mumkinligi to‘g‘risida band bor edi.
“Bavariya” kelasi yoz erkin agentga aylanadigan futbolchiga katta summa xarajat qilmaydigan bo‘lyapti.
Fikrlar