
"Bavariya" hujumchisi "Real Madrid"ga taklif qilindi
"Bavariya" klubi vingeri Leroy Sanening shartnomasi 2025 yil yozida tugaydi, ammo tomonlar o‘rtasida shartnomani uzaytirish bo‘yicha muzokaralar hali olib borilmayapti. Agar kelishuv yangilanmasa, futbolchi erkin agent sifatida jamoasini tark etishi mumkin.
TodoFichajes nashrining xabar berishicha, Sane agentlari uni "Real" Madrid klubiga taklif qilishgan. "Qirollik klubi" hujum chizig‘ini kuchaytirish variantlarini o‘rganayotgani va Sane nomzodi qiziqish uyg‘otgani ta’kidlanmoqda.
27 yoshli futbolchi bu mavsumda "Bavariya" safida 42 ta o‘yinda maydonga tushib, 12 ta gol va 5 ta assist qayd etdi. Uning tezligi, driblingi va universallik xususiyatlari madridliklar uchun juda qiziqarli bo‘lishi mumkin, deya qo‘shimcha qilinmoqda.
Shuningdek, xabarlarda qayd etilishicha, "Bavariya" Sane bilan shartnomani uzaytirishni xohlasa ham, futbolchi yangi chaqiriqlar va yangi muhitda o‘zini sinab ko‘rish istagida bo‘lishi mumkin.
Fikrlar