
"Bavariya" hamda "Arsenal"ga "Bayer" himoyachisi kerak
"Bavariya" va "Arsenal" "Bayer" qanot himoyachisi Jeremi Frimpongga qiziqish bildirmoqda.
Fabritsio Romano bergan ma’lumotga ko‘ra, Frimpongning o‘zi ham boshqa jamoaga ko‘chib o‘tishga qarshi emas. Yozda uning shartnomasidagi tovon puli 40 million evroga tushadi.
Joriy mavsumda Jeremi Bundesliga doirasida 16 ta uchrashuv o‘tkazib, 5 ta gol urdi va 6 ta golli uzatma amalga oshirdi.
Fikrlar