"Bavariya" futbolchisi:"EChLni yakuniga etkazib qo‘yish imkonsiz"

  • 12 aprel, 2020, 15:18
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Koronavirus sabab barchasi chigallashib ketdi. Nafaqat EChLni, balki milliy chempionatlarni ham yakunlash imkonsizdek ko‘rinmoqda. Chempionlar Ligasida ishtirok etayotgan barcha jamoalarning davlatlarida koronavirus bilan bog‘liq ulkan xavf mavjud. Kimningdir hayotini xavf ostiga qo‘yib Italiya, Ispaniya, Angliya yoki Frantsiyaga safar qilishni istamagan bo‘lar edim.

Tecno

Men optimist insonman. Ammo barchasiga real bag‘o berish payti keldi. Chempionlar Ligasini yakunlash imkonsiz. Milliy ligalarni esa nima qilib bo‘lsa ham oxiriga etkazib qo‘yishga harakat qilamiz", - deydi frantsiyalik futbolchi.

Eslatib o‘tamiz, "Bavariya" EChL nimchorak finalida "Chelsi" bilan to‘qnash kelgan va birinchi bahsda "Stemford Bridj"da 3:0 hisobida g‘alaba qozongan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!