
"Bavariya" futbolchisi yozda jamoani tark etishi mumkin
"Bavariya"ning etakchilaridan biri hisoblangan Tomas Myuller yozda jamoasini o‘zgartirishi mumkin
"Sky Sports" nashrining ma’lum qilishicha, 35 yoshli yarim himoyachi katta ehtimol bilan yozda nemisliklarni erkin agent sifatida tark etadi.
Hozircha tomonlar bu borada yakuniy qaror qabul qilinganini tasdiqlamadi. Biroq, futbolchi MLS klublaridan taklif olgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Myuller o‘tgan yilning o‘zidayoq "Bavariya"ni tark etish imkoniyatini ko‘rib chiqqan, chunki u etarli o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmagan. O‘shanda unga Saudiya Arabistonidan taklif bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, Tomas joriy mavsum 35 ta o‘yin o‘tkazib, 5 ta gol va 5 ta assist qayd etdi.
Fikrlar