
"Bavariya" futbolchisi PSJga o‘tishi mumkin
Myunxenning “Bavariya” klubi vingeri Kingsli Koman faoliyatini o‘z vatanida davom ettirishi mumkin. Calciomercato nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, hujumkor yarim himoyachiga PSJ qiziqish bildirmoqda.
Qayd etish lozimki, 25 yoshli futbolchi parij grandi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Klub rahbariyati uni ortga qaytarmoqchi.
O‘z navbatida nemis grandi Koman bilan amaldagi shartnomani uzaytirish borasida kelishuvga erisha olmayapti. Shu munosabat bilan "Bavariya" futbolchini sotishga rozi bo‘lishi mumkin.
Kingslining PSJga transferi kelasi yozda amalga oshishi mumkin. Uning transfer narxi 55 million evroni tashkil etadi.
Fikrlar