"Bavariya" futbolchisi Parijga ketmoqchi

  • 23 iyun, 2020, 00:07
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Bavariya" himoyachisi Lukas Ernandes faoliyatini Frantsiya chempionatida davom ettirishi mumkin.

Tecno

Futbolchi uchun qiziqish bildirayotgan PSJ himoyachining agenti bilan dastlabki muzokaralarni o‘tkazishni boshlab yuborgan.

Foot Mercato nashri ma’lumotiga ko‘ra, Ernandesning o‘zi "Bavariya" rahbariyatiga murojaat qilib, Parij klubiga o‘tish niyati haqida xabar bergan.

O‘z navbatida Germaniya chempioni yaxshi tovon puliga frantsiyalik futbolchini qo‘yib yuborishga qarshi emas. Joriy mavsumda Ernandes nemis klubi safida 18 ta o‘yinda maydonga tushgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!