“Bavariya” futbolchisi mavsum boshlanmay, uzoq muddatga safdan chiqdi

  • 18 iyul, 2021, 14:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Bavariya” rasmiy sayti mashg‘ulotlardan birida 24 yoshli yarim himoyachi Mark Rokaning jiddiy jarohat olganini e’lon qildi.

Tecno

Ma’lumotlarga qaraganda, ispaniyalik futbolchining to‘pig‘idagi bo‘g‘im paylari uzilib ketgan. O‘yinchini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazgan shifokorlar uning qayta oyoqqa tushishi uchun bir necha oy vaqt kerak bo‘lishini ta’kidlamoqda.  

“Bavariya” Rokani o‘tgan yili “Espanol”dan sotib olgan edi. Shu paytga qadar yosh futbolchi jamoa tarkibida 11 ta uchrashuvda qatnashib, hali o‘zini ko‘rsatishga ulgurmagan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!