"Bavariya" futbolchisi mashg‘ulotlarga Mercedes da kelgani uchun 50 ming evro jarimaga tortildi
"Bavariya" klubining frantsiyalik hujumchisi Kingsli Koman klub qarorgohiga boshqa avtomobilda kelgani uchun katta miqdorda jarimaga tortildi. Bu haqda Bild nashri xabar bermoqda.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, 24 yoshli futbolchi mashg‘ulotga xizmat mashinasi hisoblangan Audi’da emas, balki o‘zining Mercedes avtomobilida kelgan. Gap shundaki, "Bavariya" futbolchilari klub homiylik shartnomasiga binoan mashg‘ulotlarga, o‘yinlarga va biznes uchrashuvlariga faqat Audi yoki Volkswagen avtomobillarida kelishlari mumkin. Endi Koman ushbu qoidalarni buzgani uchun 50 ming evro to‘laydi.
Kingsli Koman joriy mavsum "Bavariya" safida jami 28 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 6 ta gol hamda 13 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi.



Fikrlar