
"Bavariya" futbolchisi faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin
"Bavariya" klubi yarim himoyachisi Kingsli Koman faoliyatini "Manchester Siti"da davom ettirishi mumkin. Bu haqda Sky Sports nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra “shaharliklar” Komanni “Bavariya”ga o‘tishi kutilayotgan Leroy Sanega o‘rinbosar sifatida qarashmoqda.
Ma’lumot uchun, Koman joriy mavsum “Bavariya” safida 10 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta gol urishga erishdi.
Fikrlar